Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi

Olmazor tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi quvurlari ta’mirlanishi munosabati bilan 17-aprel soat 9:00dan 18-aprel soat 12:00gacha suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Jadvalga ko‘ra:

— «Xonchorbog‘» mahallasida;

— «Qorasaroy» mahallasida;

— «Xasti imom» mahallasida;

— «Hazrati Imom» majmuasida;

— «Namuna» mahallasida;

— Mirpo‘latov ko‘chasida;

— Shimoliy Olmazor ko‘chasida;

— 2 tug‘uruq majmuasida

Shuningdek, 17-aprel kuni 23:00dan 18-aprel 05:00gacha quyidagi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

— Mirzo G‘olib mahallasida;

— «Chig‘atoy Oqtepa» mahallasida;

— «Universitet»mahallasida;

— «Shifokorlar» mahallasida;

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring