Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning «temir prokurori» va uning oila a’zolari uyida tintuv o‘tkazildi

Toshkentning «temir prokurori» va uning oila a’zolari uyida tintuv o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolari qo‘lga olindi va uylarida tintuv o‘tkazildi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xabar berdi.

«Gazeta.uz» manbasining xabariga ko‘ra, tergov jarayonida M.Mirzayev, M.Mirzayeva, A.Mirzayev va Z.Inog‘omov (M.Mirzayevning jiyani) qo‘lga olingan. Jinoyat ishi doirasida ularning turar va noturar joylarida tintuv o‘tkazilib, turli buyumlar, hujjatlar, avtotransport vositalari va boshqa narsalar olib qo‘yildi.

Tergov jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.A.Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i M.X.Mirzayeva, o‘g‘li A.M.Mirzayev ishtirokida juda ko‘p miqdorda pora olish, boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring