Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘y-hasham bilan bog‘liq hujjat qabul qilinmaydi

To‘y-hasham bilan bog‘liq hujjat qabul qilinmaydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘n beshinchi yalpi majlisida «To‘y- hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlar ning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelingan.

Senatorlar fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarimiz asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchiligimiz va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.

Mazkur masala yuzasidan Senat qarori qabul qilindi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring