Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp AQSh prezidentlari reytingining eng quyi pog‘onasidan joy oldi

Tramp AQSh prezidentlari reytingining eng quyi pog‘onasidan joy oldi

Foto: AFP / Mandel Ngan

Bir guruh siyosatshunos olimlar o‘tkazgan AQSh prezidentlarining yillik tarixiy reytingida amaldagi rahbar Donald Tramp eng so‘nggi o‘rinni egalladi.

Amerika siyosatchi olimlari assotsiatsiyasining prezident seksiyasi a’zosi sanalgan 170 ekspertning javobini Xyuston va Boyse universiteti mutaxassislari baholadilar.

Prezidentlar 100 ballik shkalada baholandi. Jumladan, Avraam Linkoln 95,03 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, AQShning ilk prezidenti Jorj Vashington 92,59 ball bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Keyingi o‘rinlardan Franklin Delano Ruzvelt, Teodor Ruzvelt, Tomas Jefferson, Harri Trumen, Duayt Eyzenxauer kabi sobiq prezidentlar o‘rin oldi. Bu ketma-ketlik so‘rov ilk bora o‘tkazilgan 2014-yildan beri o‘zgarmagan. Sakkizinchi o‘rinni 71 ball bilan Barak Obama egallagan, u oldin o‘ninchi o‘rinda edi.     

Tramp o‘rtacha 12,34 ball bilan so‘nggi pog‘onada turibdi. U hatto butun faoliyati tarixchilar tomonidan salbiy baholanadigan Jeyms Byukenen, Uilyam Henri Harrison va Franklin Pirsdan ham ortda qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring