Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «FQB bunday direktorni tarixida ko‘rmagan»

Tramp: «FQB bunday direktorni tarixida ko‘rmagan»

Foto: «Rubic.us»

Jeyms Komi — Federal qidiruv byurosi tarixidagi eng yomon direktor. AQSh prezidenti Donald Tramp shunday fikr bildirdi.

«Jeyms Komi — FQB uchun sharmandlik va uning uzoq va shonli tarixidagi eng yomon rahbari sifatida esda qoladi», — deb yozdi Tramp «Twitter»da.

Davlat rahbarining fikricha, Komi tom ma’noda byuroning boshiga yetgan, shuning uchun ham uning iste’fosini nafaqat respublikachilar, balki demokratlar ham olqishlashdi. Endi FQBning qolgan xodimlari bir paytlar buyuk bo‘lgan tarixni tiklashlariga to‘g‘ri  keladi.

E’tiborli jihati shundaki, Trampning bu bayonoti Komining «CNN» telekanaliga intervyusiga izma-iz chiqdi. Komi jurnalistlar qarshisida prezidentni adolat tiklanishi yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lishda ayblab, u Rossiya bosimi ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin degandi.

Ma’lumot uchun: Jeyms Komi Federal qidiruv byurosini 2013—2017-yillarda boshqargan. Donald Tramp uni bilimsiz va yomon rahbar sifatida ayblab ishdan olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring