Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Makronga Yevropa ittifoqidan chiqib ketishni taklif qilgan

Tramp Makronga Yevropa ittifoqidan chiqib ketishni taklif qilgan

Foto:«Lexpress.fr»

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Yevropa ittifoqidan chiqib ketishni taklif qilgan. Bu haqda «Washington Post» xabar bermoqda.

Joriy yil aprel oyining oxirida Tramp va Makron Oq uyda savdo-sotiq masalalarini muhokama qilgan edi. Manbaning ta’kidlashicha, Tramp Makronga «Nega siz Yevropa ittifoqidan chiqmaysiz?», — deya savol bergan.

Tramp Fransiya Yevropa ittifoqidan chiqib ketsa unga hozirgidan ko‘ra yaxshi shartlar asosida ikki tomonlama savdo shartnomasini taklif etishini aytgan.

Ushbu maqola Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Helsinki shahrida uchrashishga kelishgandan so‘ng chop etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring