Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampga bir milliard dollar kerak

Trampga bir milliard dollar kerak

Foto: «RIA Novosti»

Donald Trampning saylov kampaniyasi jamg‘armasi pullari 2019-yilning apreliga kelib 40,8 million dollarga yetdi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi xabar berdi.

Prezident tarafdorlari ma’lumotiga ko‘ra, yana 45,8 million dollarlik yordam pulini Respublikachilar partiyasining milliy qo‘mitasi ajratishga shay. Demak, amaldagi prezident, Demokratlar partiyasi ilgari surayotgan barcha bo‘lajak nomzodlarni qo‘shib hisoblaganda ham, eng ko‘p mablag‘ni to‘plashga ulgurdi.

Masalan, demokratlar orasida Berni Sanders eng ko‘p pul (18,2 mln. dollar) yig‘di. Undan ortda qolayotgan Kamala Xarrisning esa «bor-yo‘g‘i» 12 million puli bor.

Trampning bo‘lg‘usi saylov kampaniyasiga AQShning turli nuqtalaridan pul kelib tushyapti. Xayriya puli o‘rtacha 34 dollardan tushmoqda. Biroq Tramp uchun pulini ayamayotgan kaliforniyalik tadbirkorlar ham ko‘p.

Umuman olganda, saylovgacha Tramp 1 milliard atrofida pul yig‘ishga umid qilmoqda — bu bir paytlar Barak Obama yoki Kichik Jorj Bush saylov kampaniyasi uchun to‘plagan mablag‘dan anchagina salmoqli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring