Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Rossiyani «Katta yettilik»ka qaytarish tarafdori

Tramp Rossiyani «Katta yettilik»ka qaytarish tarafdori

Foto: «Riafan.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp, hech kimga yoqmasa ham, Rossiyaning G7 sammitida qatnashishi kerakligini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Sizga yoqadimi, yo‘qmi, balki bu siyosiy jihatdan xato hamdir. Ammo, biz tinchlik bilan boshqarishimiz kerak. G7 oldin G8 edi, Rossiyani quvib solishdi, Rossiyani qaytarish kerak, Rossiya muzokaralarda bizga kerak», dedi Tramp jurnalistlarga.

«Rossiya ushbu uchrashuvda qatnashishi kerak. Nega biz uchrashuv o‘tkazyapmiz Rossiya unda qatnashmasa? Men Rossiyani «Katta yettilik»ka qaytarish bo‘yicha taklif beraman. Hamma narsa ularga bog‘liq, lekin Rossiya uchrashuvda qatnashishi, uning bir qismi bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya «sakkizlik» emas, boshqa yo‘nalishlarda harakat qilishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring