Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning yana bir maslahatchisi ishdan bo‘shamoqchi

Trampning yana bir maslahatchisi ishdan bo‘shamoqchi

Foto: «Haber7.com»

AQSh prezidenti Donald Trampning yana bir maslahatchisi shu yil kuz faslida ishdan bo‘shamoqchi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Bu haqda Tramp: «Oq uyning huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Don Mak-Gan shu yil kuz faslida ishdan bo‘shamoqchi. U bilan birgalikda samarali mehnat qildik. Undan minnatdorman», – degan.

Mak-Gan maxsus vakolatga ega sudya Robert Myuller olib borayotgan Rossiya bo‘yicha surishtiruvni (2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiyaning aralashuvi) yaqindan ta’qib etishi bilan tanilgan edi.

Don Mak-Gan o‘rniga ayni paytda Oq uyda Rossiya surishtiruvi bo‘yicha mas’ul vazir Emmet Fludning tayinlanishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring