Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tungi klubda mojaro: 17 kishi halok bo‘ldi

Tungi klubda mojaro: 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: «NTV»

Venesuela poytaxti Karakas shahridagi tungi klubda mojaro chiqdi: klubga otilgan gaz bombasi 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Venesuela ichki ishlar vaziri Nestor Reverolning aytishicha, el-Paraiso shaharchasidagi «Los Kotorros» tungi klubida bitiruv kechasini o‘tkazayotgan yoshlar orasida mojaro chiqqan.

Voqea oqibatida bir o‘quvchi klubga ko‘zdan yosh oqizuvchi bomba otishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan.

Klubda o‘sha payt 500 ga yaqin kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 8 nafari 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlardir.

Yaralanganlar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan Reverol 7 kishining hibsga olinganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring