Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezident saylovi arafasida: qanday natija taxmin qilinmoqda?

Turkiya prezident saylovi arafasida: qanday natija taxmin qilinmoqda?

Foto:«TRT»

Turkiyada saylov arafasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning reytingi oshayapti. Saylovchilar amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatgan.

So‘nggi bir hafta davomida Erdo‘g‘onning reytingi 1 foiz oshib, 48,1 fozini tashkil qilgan.

Shu yil 24-iyun kuni Turkiyada muddatidan avval prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Prezidentlikka nomzodlar orasida Muharram Injaning reytingi 27,8 foizdan 29,1 foizga o‘sgan. Akshenerniki esa pasaygan.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra saylovda 48,5 foiz saylovchi Erdo‘g‘onga ovoz berishi kutilayapti.

Qolgan partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar 39,8 foiz ovoz to‘plashi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring