Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Foto: Sromwell-intl.com

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etilmoqda.

Shu bilan birga Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha muzokara olib borilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring