Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada 176 nafar harbiyni hibsga olishga order berildi

Turkiyada 176 nafar harbiyni hibsga olishga order berildi

Foto: «Culture Trip»

Istanbul prokuraturasi 176 nafar harbiyni hibsga olishga order berdi. «Anadolu» agentligi xabarida ular Turkiyada taqiqlangan «Fethullohchilar terrorchilik tashkiloti» (asoschisi — Fethulloh Gulen) bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgani aytiladi.

Shubha ostiga olingan harbiylar orqasida yuqori marsabdorlari ham bor: bir polkovnik, ikki nafar podpolkovnik, besh nafar mayor, yetti nafar kapitan, 100 nafar katta leytenant, 18 nafar leytenant.

Ayni paytda kuchishlatar tizimlar «qora ro‘yxat»ga tushgan harbiylarni tutish choralarini ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yili Turkiya harbiy kuchlarining bir guruh ofitser va askarlari davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinishgandi. Istanbul va Anqarada ko‘chalaridagi to‘qnashuvlarda 250 nafar inson halok bo‘lgandi. Turkiya bu mudhish voqealar aybdori sifatida fethullohchilarni ko‘rgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring