Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Turkiyada ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Foto:«Youtube»

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 27-iyun kuni Istambul shahrida  1993-yil 22- mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan.

Tashqi ishlar vazirligi axboroti bo‘yicha, A.Mamirjanovning sog‘ligi u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 2019-yilning 30-iyun kuni Istambul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 1967-yil 5-fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.

«Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va vatandoshlarimizning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi» deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring