Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada prezidentlik saylovining natijalari rasman ma’lum qilindi

Turkiyada prezidentlik saylovining natijalari rasman ma’lum qilindi

Foto:«RT.com»

Turkiya oliy saylov kengashining raisi Sadi Gyuven Turkiyada o‘tkazilgan preizdentlik saylovida g‘olib chiqqan nomzod nomini rasman ommaga ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Erdo‘g‘on 52,5 foiz ovoz bilan 1-turning o‘zida g‘olib bo‘ldi. Uning asosiy raqibi Muharram Inje 30,7 foiz, qolgan nomzodlar – Salohitdin Demirtosh 8,4 foiz, Meral Akshener 7,3 foiz, Tamal Karamullao‘g‘lu 0,9 foiz va Dogu Perinchek 0,2 foiz ovoz to‘plagan.

Parlament saylovlarida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 42,4 foiz ovoz, Milliy harakat partiyasi 11,1 foiz ovoz to‘plagan. Shu tariqa bu partiyalarni birlashtiruvchi Xalq alyansi parlamentda ko‘pchilik o‘rinni oladi.

Avvalroq, Erdo‘g‘onning o‘zi saylovlarda g‘alaba qozonganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring