Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyalik doktor AQSh prezidentining maxsus vakili bo‘ldi

Turkiyalik doktor AQSh prezidentining maxsus vakili bo‘ldi

Foto: «Hurriyet»

Yozgan kitoblari, tadqiqotlari va teledasturlari bilan shuhrat qozongan Mehmet O‘z AQSh prezidenti Donald Trampning sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibiga kiritildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

AQSh prezidentiga maslahat beradigan kengashlarning ahamiyati juda katta. Bu kengashlar tarkibiga juda kuchli mutaxassislar kiritiladi.

AQSh prezidentining sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibidan ayni paytda Mehmet O‘z bilan birga Amerikaning «New England Patriots» futbol jamoasi bosh murabbiyi Bill Belichik hamda «Incredible Hulk» seriali bosh qahramoni Dou Ferrigno ham o‘rin olgan.

Tramp Mehmet O‘zni jamoaga tanishtirar ekan: «Ikki yil mobaynida mening sport mashqlarim va taomlanishim bo‘yicha menga maslahat beradi», – degan.

«New York Daily News» gazetasi Mehmet O‘zning AQSh prezidentiga maxsus vakil bo‘lishga munosib emasligini yozgan.

Donald Tramp saylov arafasida Mehmet O‘z bilan bir teledasturda suhbatlashgan va o‘zining sog‘lig‘i haqida so‘ragan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring