Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepada qarovsiz qoldirilgan «Neksiya-3» mashinasini olib qochishdi

Uchtepada qarovsiz qoldirilgan «Neksiya-3» mashinasini olib qochishdi

2018 yil 20 yanvardan 21 yanvar kuniga o‘tar kechasi 1995 yilda tug‘ilgan Abdujalilov Doniyor Lutfulla o‘g‘li, Uchtepa tumani hududida joylashgan uyning yonida fuqaro Xakimova Farzona Xusanovnaga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni olib qochgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB saytida xabar berilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, D.L.Abdujalilov Chilonzor tumani hududida ushlanib, undan F.X.Xakimovaga tegishli bo‘lgan avtomashina rasmiylashtirib olingan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Toshkent shahar IIBB yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishini so‘raydi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring