Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukaning kontrakt pulini ish haqidan to‘lansa, daromad solig‘i ushlab qolinadi

Ukaning kontrakt pulini ish haqidan to‘lansa, daromad solig‘i ushlab qolinadi

Foto: «Tafsilot.uz»

«Ukamning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini o‘z ish haqimdan to‘lasam, mendan daromad solig‘i ushlab qolishadimi?» Mazkur savolga Bektemir tuman Davlat soliq inspeksiyasi bosh yuriskonsulti Behzod Nosirov javob berdi:

— Soliq kodeksining 179-moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Kodeksning 31-bandiga ko‘ra, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltirilgan summadan daromad solig‘i ushlab qolinmaydi.

Sizning holatingizda oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan talaba ukangiz bo‘lsa, uning to‘lov kontrakti uchun yo‘naltirilgan ish haqi daromad solig‘idan ozod qilinmaydi. Qonunchilikda mazkur imtiyoz shaxsning o‘zi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining ta’lim olishi uchun ko‘zda tutilganini inobatga olishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring