Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning birinchi prezidenti: «Donbass endi boshqa mamlakat»

Ukrainaning birinchi prezidenti: «Donbass endi boshqa mamlakat»

Foto:«Rian.com.ua»

Ukrainaning birinchi rahbari Leonid Kravchukning fikricha, Donbassda endi holat «avvalgidek bo‘lmaydi». «U endi boshqa mamlakat» deya ma’lum qilgan Kravchuk «ZIK» telekanali jonli efirida gapirayotib.

Siyosatshunosning fikricha, mintaqada hokimiyatga kim kelishidan qat’i nazar, hudud ko‘proq erkinlik va huquqlar talab qiladi. Shuning uchun, rasmiy Kiyev vaziyatni o‘z-o‘zidan hal bo‘lishini kutishi juda qiyin.

2014-yil Ukrainada taloto‘plar boshlangach, mamlakat sharqidagi Donetsk va Lugansk viloyatlari o‘zini mustaqil deya e’lon qilgandi. Ukraina hukumati Rossiyani mazkur viloyatlarga harbiy ko‘mak berishda ayblasa, Kreml o‘z navbatida bu ayblovni asossiz deb hisoblaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring