Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ularning qo‘lida qilich bor edi. Shri-Lankada masjidlarga hujum davom etmoqda

Ularning qo‘lida qilich bor edi. Shri-Lankada masjidlarga hujum davom etmoqda

Shri-Lankada masjidlar va musulmonlarga qarashli do‘konlarga hujumlar davom etmoqda. «Anadolu» agentligiga tayanib «Azon.uz» tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, Puttaxam okrugida 45 yoshli bir musulmon o‘ldirilgan.

«Ularning qo‘lida qilich bor edi, menga hujum qilmoqchi bo‘lishdi. Taxminan 15 kishi uch yoki to‘rtta taksida kelib, meni o‘ldirish bilan tahdid qilishdi. Men orqa eshikdan qochib ketdim. Lekin ular akamning oziq-ovqat do‘koniga hujum qilishdi», – deydi Nashr Muhammad ismli musulmon.

Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Shri-Lanka bo‘ylab komendantlik soati joriy etilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring