Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov Florentino Peres bilan Toshkentda «Real» akademiyasi filialini ochish masalasini muhokama qildi

Umid Ahmadjonov Florentino Peres bilan Toshkentda «Real» akademiyasi filialini ochish masalasini muhokama qildi

Umid Ahmadjonov Florentino Peres bilan

Foto: O‘FF rasmiy sayti

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti  Madrid shahrida bo‘lib turibdi.

Umid Ahmadjonov «Real» jamoasi prezidenti Florentino Peresning taklifiga ko‘ra La liganing 20-turidan o‘rin olgan «Real» - «Deportivo» uchrashuvini bevosita «Santyago Bernabeu» stadionida tomosha qildi.

O‘FF prezidenti «Real Madrid» Bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan
Foto: O‘FF rasmiy sayti

O‘FF rasmiy saytida yozilishicha, Umid Ahmadjonov «Real Madrid» klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilo Butrageno, «Stellar group» agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo‘limi prezidenti Luis Alonso bilan ko‘rishdi.

O‘FF prezidenti «Real Madrid» klubi Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilo Butrageno bilan 
Foto: O‘FF rasmiy sayti

Uchrashuv davomida o‘zbek futboliga Ispaniyadan kuchli mutaxassislar jalb qilish, «Real Madrid» akademiyasi filialini Toshkentda ochish, bolalar murabbiylari malakasini oshirish uchun turli seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring