Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonovga ko‘krak nishoni topshirildi

Umid Ahmadjonovga ko‘krak nishoni topshirildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishonini topshirdi. Ushbu nishon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi qaroriga asosan ta’sis etilgan.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

«Biz o‘z yo‘nalishimizda hamjihatlik bilan ish olib borib, ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishamiz. Oldinda bizni katta chaqiriqlar va islohotlar kutib turibdi. Jamiyatda Jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini kuchaytirish, aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda davom etish, buning uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratish, mashhur sportchilar safini kengaytirish va yangi nomlarni kashf etish, shular jumlasidandir», — dedi Umid Ahmadjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring