Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonovga Turkiyadan maslahatchi tayinlandi

Umid Ahmadjonovga Turkiyadan maslahatchi tayinlandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi mutasaddilarining Turkiyaga safari chog‘ida, Turkiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilgan edi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat futboli o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish bo‘yicha ham bir qancha kelishuvlarga erishilgan, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu kelishuv asosida turkiyalik Erjan Bulut O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili hamda MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi sifatida ish olib boradigan bo‘ldi.

Bulut ikki mamlakat sporti, xususan, futbol bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, loyihalar va boshqa masalalarda vakil sifatida faoliyat yuritishi belgilab berilgan.

Shuningdek, Erjan Bulut Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sport bo‘yicha hamkorlik qilish, tajriba almashish, ikki mamlakat futboli o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, terma jamoalar, klublar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish va boshqa shu kabi loyihalarni amalga oshirilishiga yaqindan ko‘mak berishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Erjan Bulut 1970-yil, 13-oktyabrda Anqara shahrida tavallud topgan. O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi (O‘TIU) kengashi raisi, «Ziraat Bank» kengashi maslahatchisi, O‘zbekiston va Turkiya Ziraat Finans Group koordinatori hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring