Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganchda 4 million noreal qarzdorlik aniqlandi

Urganchda 4 million noreal qarzdorlik aniqlandi

Urganch tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Zaripova murojaat qildi.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, Urganch tuman bo‘limi ichimlik suvidan iste’molchiga asossiz 4 million so‘m qarz hisoblagan.

Tuman jamiyati ushbu murojaat yuzasidan iste’molchi manfaatini ko‘zlab noreal qarzdorlikni olib tashlash bo‘yicha Urganch tuman ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritdi. Ma’muriy sudning qaroriga asosan iste’molchiga yuklatilgan qarzdorlik olib tashlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring