Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganchda fuqaroni aldagan qurilish tashkiloti to‘langan pulni qaytarishni istamadi

Urganchda fuqaroni aldagan qurilish tashkiloti to‘langan pulni qaytarishni istamadi

Foto: «Sputnik»

Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Xojayeva yaxshi niyatlar bilan Urganch tumani hududida yangi qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylarning biriga xaridor bo‘ldi.

U shu maqsadda «SUEJ» MChJ qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolab, tashkilotga boshlang‘ich badal sifatida 34 million so‘m o‘tkazib bergan. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, qurilish avval aytilgan joyda emas, balki butunlay boshqa joyda qurilayotgani, boz ustiga qurilish ishlari juda sust ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan norozi bo‘lgan F.Xojiyeva o‘zi to‘lagan pullarni qaytarib berishini talab qiladi. Ammo na pul qaytariladi va na qurilish ishlari jadallashadi. Shundan so‘ng u Urganch shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qiladi.

O‘rganishlar hamda olib borilgan amaliy sa’y-harakatlardan so‘ng fuqaroning puli qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring