Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchlik fuqaroga asossiz 4 mln. so‘m qarzdorlik yozildi

Urganchlik fuqaroga asossiz 4 mln. so‘m qarzdorlik yozildi

Foto: «Sputnik»

Xorazm viloyati Urganch tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Z. murojaat qildi.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, TMSQFB Urganch tuman bo‘limi ichimlik suvidan iste’molchiga asossiz 4 000 000 so‘m qarz hisoblagan.

Tuman jamiyati ushbu murojaat yuzasidan iste’molchi manfaatini ko‘zlab noreal qarzdorlikni olib tashlash bo‘yicha Urganch tuman ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritdi. Ma’muriy sudning qaroriga asosan iste’molchiga yuklatilgan qarzdorlik olib tashlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring