Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush faxriylariga 2020 yili yangi medal va 8 mln. so‘m berilishi mumkin

Urush faxriylariga 2020 yili yangi medal va 8 mln. so‘m berilishi mumkin

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.

Unda qayd etilishicha, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi sharafiga «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etiladi.

«Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi» esdalik yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – «1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» va «Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlanganlar, shu jumladan, «1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun», «Mehnatdagi jasorati uchun», «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan shaxslarga 8 million so‘m miqdorda bir martalik pul mukofotini berish belgilangan.

Farmon loyihasida 2020 yil 1 fevraliga qadar yubiley medallarini topshirish topshirig‘i bayon etilgan.

Farmon loyihasi muhokamasi 2019 yil 9 martga qadar davom etadi. Loyiha o‘zgarishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring