Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni belgilandi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni belgilandi

Foto: «Gazeta.uz»

Xabar berganimizdek, bugun 29-mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Majlisda «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Ta’kidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.

Ayni paytda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida qonunda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan kun — 18-aprelni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilanishi qonunda o‘z ifodasini topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring