Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaz portlashi ko‘p qavatli uyning 3 ta qavatini yakson qildi

Gaz portlashi ko‘p qavatli uyning 3 ta qavatini yakson qildi

Foto: «Lenta.ru»

Murmanskda gaz portlashi natijasida ko‘p qavatli uyning 3 ta qavati yakson bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan. Bu haqida Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining mahalliy saytida ma’lumot berildi.

Portlash ko‘p qavatli uyning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qavatlariga zarar yetkazgan. Vayrona orasida hali ham qutqarilishi lozim bo‘lgan insonlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, portlash sababi ham o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring