Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbek Tigers» faoliyati nima uchun to‘xtatildi?

«Uzbek Tigers» faoliyati nima uchun to‘xtatildi?

Foto: Pictame

Boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasida (WSB) O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi ushbu mavsumda boshqa ishtirok etmasligi haqida xabar bergan edik. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston boks federatsiyasi bilan bog‘landik.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qaror yangi tuzilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qabul qilingan. Boks federatsiyasi matbuot xizmati mazkur qarorga federatsiyaning aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

«Hozircha «Uzbek Tigers» faoliyati nima uchun to‘xtatilayotgani haqida biror narsa deya olmaymiz. Chunki bu bizning emas, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining qarori. Dushanba kuni vazirlik bizga bu borada rasmiy ma’lumot beradi. Ana shundan keyingina nima uchun bunday qarorga kelinganini bilish mumkin», — dedi boks federatsiyasi matbuot xizmati vakili.

«KUN.UZ» nashrining yozishicha, bunga «jamoaning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki foyda keltirmayotgan holda ortiqcha xarajat bo‘layotgani aytilib, uning faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha taklif berilgan».

Eslatib o‘tamiz, «Uzbek Tigers» bu mavsumda «Amerika» guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang o‘tkazishlari lozim edi. 9 fevral kuni Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda ikkinchi tarkib bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi «Cuba Domadores»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring