Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzcard»: pul mablag‘lari xavfsiz holatda saqlanmoqda

«Uzcard»: pul mablag‘lari xavfsiz holatda saqlanmoqda

Kecha, 15-sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab Yagona umumrespublika protsessing markazi(Uzcard)dagi POS, E-POS terminallari va ATM qurilmalarida texnik nosozliklar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu «texnik nosozlik» hamon davom etmoqda. «Uzcard» kompaniyasi hozircha buning sababini aytmayapti, lekin iste’molchilarning pullari joyida ekanini ta’kidladi.

«Yagona umumrespublika protsessing markazi tizimida 2018-yil 15-sentabr kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatildi. Markazimiz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Tizim mobil to‘lov tizimlari orqali pul mablag‘lariga tegishli ma’lumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan plastik kartalar soni 18 millionni tashkil etgan. 2018-yilning yanvar-avgust oylarida to‘lov terminallari orqali 39,2 trillion so‘m pul tushgan (bu kuniga o‘rtacha 160 milliard so‘m degani).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring