Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZCERT o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarni ogohlantiradi

UZCERT o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarni ogohlantiradi

Foto: «infosec.uz»

Axborot xavfsizligi hodisalariga chora ko‘rish xizmati (UZCERT) android qurilmalar uchun (*.apk) ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar (VK, Facebook, Odnoklassniki, Telegram, Whatsapp va boshqalar) guruhlari va kanallarida zararlovchi ilovalar tarqatilishi holatlari ko‘payganidan ogohlantirdi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Mazkur zararlovchi dasturlar Android operatsion tizimidagi mobil qurilmalar ishini mobil qurilmani boshqarish imkoniyatidan foydalanishga to‘sqinlik qilish yo‘li orqali bloklashga mo‘ljallangan. Blokdan chiqarish faqat muayyan kod (parol) kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.

Zararlovchi dasturlar g‘arazgo‘ylar tomonidan ushbu dastur tomonidan bloklangan, bloklanish ekranida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga mablag‘lar o‘tkazilganidan so‘ng, blokdan chiqarish kodini ko‘rsatish orqali mobil qurilmalar foydalanuvchilaridan pul mablag‘larini tovlamachilik yo‘li bilan olib qo‘yish maqsadida foydalaniladi.

UZCERT tavsiyalari:

  • Mobil qurilmadan xavfsiz foydalanish maqsadida noma’lum manbalardan keluvchi dasturiy ta’minotlarni o‘rnatmaslik maslahat beriladi. Shuningdek, mobil qurilmaga antivirus dasturiy ta’minotini o‘rnatish zarur va antivirus bazalarining dolzarbligini kuzatib borish talab etiladi.
  • Bu kabi hodisalar aniqlagan holatlarda UZCERT xizmati mutaxassislariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz so‘ralgan: (95) 170-98-97 yoki e-mail: info@uzcert.uz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring