Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada taksining odamlar ustiga haydashidan jabrlanganlar soni aytildi (video)

Moskvada taksining odamlar ustiga haydashidan jabrlanganlar soni aytildi (video)

Foto: «Fitolia»

Kecha, 16-iyun kuni Moskvaning Ilinka ko‘chasida taksi yo‘l chetidagi yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan. Ma’lum qilinishicha, buning oqibatida yettti kishi tibbiy ko‘mak so‘rab shifoxonalarga murojaat qilgan. 

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy yordam so‘rab yetti kishi murojaat qilgan», — deyiladi xabarda.

Jabrlanganlap orasida Meksika va Ozarbayjonning ikki nafardan fuqarosi hamda bir ukrainalik borligi aytilmoqda. 

Politsiya taksini boshqargan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. U mast holatda bo‘lmagan, charchoqdan rulda uxlab qolgani bildirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring