Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda prezidentlik saylovi qanday o‘tmoqda?

Qozog‘istonda prezidentlik saylovi qanday o‘tmoqda?

Foto: «360tv.ru»

Qozog‘istonda bugun prezidentlik saylovi o‘tkazilmoqda. Saylov mahalliy vaqt bilan 20:00da (Toshkent vaqti bilan 19:00) yakuniga yetishi lozim. G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau, Aktyubinsk va Mang‘istou viloyatlarida vaqt tafovuti bois saylov uchastkalari bir soat kechroq yopiladi.

Qozog‘iston mudofaa vazirligi tomonidan xabar qilinishicha, harbiylarning 96,5 foizi ovoz berishga ulgurgan. Harbiy qismlar hududida 19 ta saylov uchastkasi ish olib boryapti.

Qozog‘istonda prezident 5 yil muddatga saylanadi. Nomzod g‘olib bo‘lishi uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim. Aks-holda ikkinchi tur o‘tkaziladi.

Prezidentlik kursisi uchun yetti nomzod kurash olib bormoqda: Nur Otan partiyasidan Qosim-Jomart To‘qayev, «Buyuk cho‘l burgutlari» jamoat birlashmasidan Tugel Sadibek, Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasidan Amangeldi Taspixov, «Ak jol» partiyasidan Daniya Yespayeva, «Auil»partiyasidan Toleutay Rahimbekov, kommunistik xalq partiyasidan Jambil Axmetbekov va «Millat taqdiri» milliy-vatanparvarlik harakatidan Amirjon Kosanovlar nomzodi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonni deyarli 30 yil davomida boshqargan Nursulton Nazarboyev joriy yilning 20 mart sanasida iste’fo bergan edi. Shundan buyon mamlakatni senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev vaqtincha boshqarib kelmoqda. Nazarboyev esa umrbod millat yetakchisi sifatida tan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring