Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesuela oltinlari: Angliya banki omonatni qaytarmoqchi emas

Venesuela oltinlari: Angliya banki omonatni qaytarmoqchi emas

Foto: «GLOBAL LOOK PRESS»

Xalqaro maydonda Venesuela va Angliya Markaziy banki o‘rtasida dahanaki janjal boshlandi. Britaniyada saqlanayotgan 15 tonna (550 million dollar) venesuela oltinlari tomonlarni urushtirib qo‘ydi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Angliya Markaziy bankidan oltin yombilarni qaytarishni so‘ragandi. Ingliz bankirlari esa oltin o‘rniga rad javobini (!) berishdi.

Britaniya hukumati «pullarni yuvish»ga qarshi tekshiruv o‘tkazishni talab qildi — Karakas tushuntirib bersin, buncha oltinni nimaga ishlatmoqchi?

Ingliz matbuoti ma’lumot tarqatishicha, Angliya banki Venesuela hukumati oltinlarni sotib yuborib, pulini yeb ketishidan xavotirlanmoqda.

Rasmiy rad javobi gazetchilarning dadil va jo‘n talqinidan farqlanadi, albatta, diplomatlarning «qo‘li» bilinib turibdi — «Buncha oltinni bir tashishda sug‘urtalay olmaymiz». 

Angliya banki Venesuela oltin zaxiralarining salmoqli qismini birmuncha tez qaytarib bergandi. Negaki, og‘ir iqtisodiy inqirozga botgan Karakas oxirgi yillarda oltin zaxiralarini sotishga majbur bo‘lyapti. Hozirgacha 200 tonnadan ko‘prog‘i sotib bo‘lindi.

«Oltinni qaytarish operatsiyasi»dagi hozirgi muammo ikki oycha avval yuzaga qalqidi. Maduroning jon koyitishida ham jon bor, u Karakasga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanilishi oqibatida qimmatbaho metalsiz qolishdan xavotirda, temirni qizig‘ida bosib qolmasa bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelaga qarshi 1-noyabrda AQSh, 6-noyabrda Yevropa ittifoqi cheklovlarni joriy etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring