Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video: Elon Maskning tunnellari uchun yaratilgan elektrobus

Video: Elon Maskning tunnellari uchun yaratilgan elektrobus

Foto: «Ropmech.ru»

«SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari asoschisi Elon Mask o‘zining «Twitter»dagi sahifasida «The Boring Company» tomonidan yaratilayotgan, shaharlar ostidagi tunnellar uchun mo‘ljallangan elektrobus konsepti tasvirlangan videoni e’lon qildi, deb xabar berdi «Hi-Tech.mail.ru».

«O‘ylashimcha, bu transport vositasini tunnellar va liftlar o‘rtasida avtomatik ravishda yo‘nalishini o‘zgartirishga qodir, soatiga 241 kilometr tezlikda harakatlana oladigan yerosti avtobusi desa bo‘ladi», — deb yozadi Mask.

Biznesmenning ma’lum qilishicha, «The Boring Company» transporti avtomobillar uchun emas, balki piyodalar va velosipedchilar uchun muhim. Shuningdek Maskning aytishicha, butun shahar bo‘ylab joylashadigan ko‘plab juda kichik stansiyalarni barpo etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring