Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vizasiz rejim: O‘zbekistonga kelgan sayyohlar tantanali kutib olindi (video)

Vizasiz rejim: O‘zbekistonga kelgan sayyohlar tantanali kutib olindi (video)

Kadr: «Uzbekistan24»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan Isroil, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilangani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 11-fevral kuni ushbu tartib kuchga kirdi va O‘zbekistonga uchib kelgan mehmonlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan iliq kutib olindi.

Yaponiya va Janubiy Koreyadan kelgan fuqarolar O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy etilganini eshitib, xursand bo‘lishganini va bu to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring