Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Windows»da o‘chirib bo‘lmaydigan virus topildi

«Windows»da o‘chirib bo‘lmaydigan virus topildi

Foto: «redeszone.net»

«Windows» amaliy tizimi foydalanuvchilari o‘chirib bo‘lmaydigan virusni topishdi — u «All-Radio 4.27 Portable» dasturida joylashgan, deb xabar bermoqda «Life.ru».

«Bleepingcomputer» portali yozishicha, bu zararli dasturiy ta’minotni «Malwarebytes» forumi qatnashchilari topishgan. Virus «Windows»da ishlovchi barcha kompyuterlar uchun xavfli.  O‘zlaricha virusdan qutulishga uringan forumchilar buni eplay olishmadi.

Aksariyat foydalanuvchilar «Windows» faollashtiruvchilarini yuklab olishganidan so‘ng kompyuterga virus yuqqanini bilib qolishgan. Keyin aniqlanishicha, kalit o‘rniga yuzerlarga aimp reklama paketi kelib tushgan — virus sababchisi shu paket bo‘lib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «All-Radio 4.27 Portable» — rossiyaliklar ishlab chiqqan, musiqa tinglab, teleko‘rsatuvlar tomosha qilishga mo‘ljallangan bepul pleyer sanaladi. Xabarlarga ko‘ra, bu dasturni buzgan xakerlar haqiqiysi o‘rniga soxtasini tarqatishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring