Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar.uz» portalining ruscha versiyasi ishga tushdi

«Xabar.uz» portalining ruscha versiyasi ishga tushdi

«Xabar.uz» portalining rus tilidagi bo‘limidan skrinshot.

Foto: «Xabar.uz»

Faoliyatini boshlaganiga to‘rt oy bo‘lgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali endi o‘z yangiliklarini rus tilida ham taqdim etadi. Kecha, 1-maydan boshlab portalimizning ruscha versiyasi test rejimida ishga tushirildi.

Rus tilida so‘zlashuvchi boshqa xalqlar vakillari ham endilikda xabarlarimizdan boxabar bo‘lishadi. «Xabar.uz»ning ruscha versiyasida eng tezkor xabarlar, O‘zbekiston va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqea-hodisalarning tafsilotlari, tahliliy-tanqidiy maqolalar, statistik ma’lumotlar va boshqa ko‘plab mavzulardagi materiallarni o‘qishingiz mumkin.

Portalning rus tilidagi versiyasini ko‘rish uchun brauzeringizdan xabar.uz/ru manziliga o‘tsangiz kifoya.

Eslatib o‘tamiz, sayt ayni paytda test rejimida ishlamoqda. Shu bois o‘quvchilarimizdan ayrim xato-kamchiliklar aniqlanganda, bu haqda bizga xabar berishlarini iltimos qilib qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring