Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki yangi kredit liniyalarini ochadi

Xalq banki yangi kredit liniyalarini ochadi

Foto: «Xabar.uz»

Qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi doirasidagi loyiha faqat Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Bu haqda Xalq banki axborot xizmati xabar berdi.

Ajratiladigan kredit liniyasi 10 000dan 250 000 AQSh dollarigacha

Loyiha bo‘yicha beriladigan imtiyozli davr: 1 yilgacha.

Mazkur kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati: 5 yilgacha.

Kredit o‘zlashtirilmagan qismi uchun komissiya: yillik 2,65% miqdorida.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarida loyihani moliyalashtirishdagi ulushi: loyiha qiymatidan 25% dan kam bo‘lmagan miqdorda.

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati cheklanmagan.

Kredit liniyasi quyidagi holatlarda ajratiladi:

  • Dehqon xo‘jaliklari uchun – zotli qoramollar va uskunalar (ixcham sut sog‘ish apparati, don tegirmoni, yem tayyorlash uskunalari) sotib olish (ajratiladigan kredit liniyasi 10000 AQSh dollargacha);
  • Fermer xo‘jaliklari uchun – yem-xashak yig‘ish texnikalarini sotib olish (kombayn va boshqa turdagi yem-xashakni yig‘im-terimiga hamda uni qayta ishlashga mo‘ljallangan texnikalar), sut va sut mahsulotlarini tashish maxsus texnikalari, sovitish sig‘imlari, sog‘ish uskunalari, zotli chorva mollari va hokazolarni sotib olish (ajratiladigan kredit liniyasi 100000 AQSh dollargacha);
  • Xizmat ko‘rsatuvchi va yetkazib beruvchi xususiy tashkilotlar uchun – zootexnik va veterinariya xizmatlarini tashkil etish yoki modernizatsiyalash hamda yem-xashak yetishtirish va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini sotib olish; (ajratiladigan kredit liniyasi 10000dan 100 000 AQSh dollarigacha);
  • Sut mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun – texnologik uskunalarni sotib olish va modernizatsiyalash, sut mahsulotlarini qadoqlash liniyalari, sovutish kameralari, sut va sut mahsulotlarini tashish texnikalarini sotib olishga, aylanma mablag‘ni to‘ldirishga (ajratiladigan kredit liniyasi 250 000 AQSh dollarigacha).

Xalq bankining xorijiy hamkorlari soni ko‘paymoqda

Ayni paytda Xalq banki «Savdoni moliyalashtirish» uchun Polshaning «Gospodarstwa Krajowego banki»dan 20 million yevro miqdorida kredit limiti oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma banki «Aziya-Invest Bank» aksiyadorlik tijorat bankidan «Savdoni moliyalashtirish» yo‘nalishida 4 mln. AQSh dollari miqdorida kredit limiti olindi.

Ushbu kredit summalari Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda savdo hajmini kengaytirish hamda moliyalashtirish, tadbirkorlarga ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha maqsadli yo‘naltiriladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring