Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo‘nalishda mamlakat sha’nini himoya qiladi

Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo‘nalishda mamlakat sha’nini himoya qiladi

Foto:«ArMI—2017»

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro armiya o‘yinlari—2018»ning 13 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:«ArMI—2017»

Mamlakatimiz harbiy xizmatchilari «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), «Elbrus halqasi» (Rossiya Kabardino-Balkariya), «Sodiq do‘st» (Rossiya, Moskva), «Yo‘l patruli» (Rossiya, Moskva viloyati), «Merganlik marrasi» (Belarus Respublikasi), «Xavfsiz marshrut» (Xitoy, Korla shahri), «Artilleriya ustasi» (Qozog‘iston), «Qurolsoz usta» (Rossiya, Penza shahri), «Musaffo osmon» (Xitoy, Korla shahri), «Harbiy ralli» (Rossiya, Tiva viloyati), «Harbiy-tibbiy estafeta» (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), «Dala oshxonasi» (Rossiya, Moskva viloyati), «Hamdo‘stlik jangchisi» (Armaniston) kabi yo‘nalishlarda qatnashadi.

Foto:«ArMI—2017»

O‘tgan yilning 29-iyulidan 12-avgustga qadar o‘tkazilgan «ArMI—2017» Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgandi.

Foto:«ArMI—2017»

Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O‘zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o‘yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring