Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfsiz turizm inspektorlarining vazifalari nimalardan iborat?

Xavfsiz turizm inspektorlarining vazifalari nimalardan iborat?

Samarqandda xavfsiz turizm inspektorlari ish boshladi.

Foto: «O‘zA»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi qarori bilan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlangan edi.

Samarqand viloyati IIB jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandda ham xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilgan. Boshqarma uchun alohida bino ajratilib, bugunga qadar 50 ga yaqin xodim ishga qabul qilingan. Inspektorlar transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Xodimlar safiga Samarqand davlat chet tillar institutini bitirayotgan, ingliz, fransuz, yapon, koreys va boshqa xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan hamda tariximiz, qadimiy obidalarimiz va milliy qadriyatlarimiz haqida chuqur bilimga ega bo‘lgan talabalar ham suhbat asosida qabul qilinmoqda.

Foto: «O‘zA»

Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati xodimlari tibbiyot qutisi, Samarqandning tarixiy obida va madaniy ob’yektlari sxemasi bo‘lgan kichik xarita bilan ta’minlangan. Ular asosan turistlar gavjum bo‘ladigan joylar, tarixiy obidalarda ish olib borishadi.

– Bizning faoliyatimiz sayyohlik maskanlarida xavfsiz turizmni tashkil etishdan iborat, – deydi inspektor Fotima Rahmatova. – Bu faqat sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash emas, balki ularga zarur yordam ko‘rsatishni ham nazarda tutadi. Misol uchun, biror-bir sayyohning tobi qochsa, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxona yoki mehmonxonaga yetkazish, adashib qolgan sayyohlarni ular izlayotgan manzilga kuzatib qo‘yish ham xizmat vazifamizga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring