Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xayr, «Bavariya»! Madridda jangovar durang (video)

Xayr, «Bavariya»! Madridda jangovar durang (video)

Foto: Twitter / UEFA Champions League

Yevropa chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida «Real» o‘z maydonida «Bavariya» jamoasi bilan 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Uchrashuv avvalidayoq Yozua Kimmix myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi: Tomas Myuller raqib jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, u yerda Ramos to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, bundan Kimmix unumli foydalandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Marseloning uzatmasidan so‘ng Karim Benzema boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, o‘rtadagi muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Benzema raqib himoyachisi va darvozabonining qo‘pol xatosidan so‘ng madridliklarning ikkinchi golini urdi. 63-daqiqada Xames Rodriges muvozanatni tiklashga erishdi. So‘nggi daqiqalar mehmonlarning bosimi ostida o‘tdi, biroq ularning urinishlari samara bermadi.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Real» Madrid ilk finalchiga aylandi va endi Kiyevga yo‘l oladi.

YeChL, yarim final

«Real» - «Bavariya» 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 3 Kimmix, 1:1 – 11 Benzema, 2:1 – 46 Benzema, 2:2 – 63 Xames.

«Real»: Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio (Nacho, 88), Kovachich (Kazemiro, 73), Kroos, Benzema (Beyl, 72), Ronaldu.

«Bavariya»: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso (Vagner, 75), Kimmix, Xames (Martines, 84), Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Modrich (62), Vaskes (65), Varan (88), Kazemiro (89).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring