Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» simsiz dazmol chiqardi

«Xiaomi» simsiz dazmol chiqardi

Foto: «xChip»

«Xiaomi» maishiy texnikalari safi «Mi Cordless Steam Iron» dazmoli hisobiga yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda «Astera» xabar berdi.

Boshqa dazmollarga o‘xshash dazmol: bug‘lash va haroratni boshqarish funksiyalari bor, bitta ustun jihati — uning simi yo‘q.

Dazmol elektr tarmog‘iga simda ulanuvchi moslamaga qo‘yib qizitiladi. «Mi Cordless Steam Iron»ning quvvati — 2000 Vt, unga 280 ml.gacha suv quyish mumkin.

Dazmol 200 darajagacha qiziydi. Ikki daqiqagacha saqlanuvchi bu harorat bitta kiyimni tekislash uchun bemalol yetadi.

Yangi mahsulotning narxi 30 dollar atrofida belgilangan, u qachon sotuvga chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring