Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy avtomobillarni global kuzatish tizimini joriy etmoqchi

Xitoy avtomobillarni global kuzatish tizimini joriy etmoqchi

Foto: «Nv.ua»

Xitoy hukumati «RFID» chiplaridan foydalangan holda yo‘llardagi avtomobillarni kuzatish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar beradi «NV.ua».

Mazkur loyiha Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi hamda Harakat boshqarmasi ilmiy instituti tomonidan taklif etilmoqda. U 1-iyuldan ishga tushadi. Avvaliga dasturda ko‘ngillilar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, biroq 2019-yildan boshlab u yangi avtomobillar uchun majburiyga aylanadi.

Avtomobillarga «RFID» chiplarining o‘rnatilishi yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olishga va bu orqali havoning ifloslanishini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Xitoy ushbu chiplar orqali terrorchilik hujumi kabi xavflarni to‘xtatib qolish niyatida.

Hindiston, Janubiy Afrika va Braziliya, shuningdek, Dubay amirligida «RFID» chiplaridan turli maqsadlarda foydalanib kelinadi: yoqilg‘i uchun to‘lovdan tortib, avtoturargoh va pulli yo‘llardan foydalanishda, shuningdek, chiptalar xarid qilish va jarimalarni to‘plashda.

Xalqaro tadqiqotlar va strategiya markazining katta vitse-prezidenti Jeyms Endryu Lyuisning so‘zlariga qaraganda, «RFID» chiplari hukumatga o‘z fuqarolarini monitoring qilishda yordam beradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring