Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Janubiy Koreya va Yaponiya ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi

Xitoy Janubiy Koreya va Yaponiya ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi

Foto:«Commons.wikimedia.org»

Xitoy hukumati Shimoliy Koreyaning yadro qurollaridan voz kechish dasturida o‘zining ta’sirini kuchaytirmoqchi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Diplomatik manbalarning ma’lum qilishicha, Xitoy shu yil dekabr oyida uch tomonlama – Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya rasmiylari uchrashishini taklif qilgan.

Shimoliy Koreya muammosi hal etilishi uchun o‘tkaziladigan uchrashuvda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan, Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ishtirok etadi. Muzokaraning Pekin shahrida bo‘lib o‘tish ehtimoli yuqori.

Sinchilarning fikricha, Xitoy hukumati Shimoliy Koreyaning yadro qurollaridan voz kechish dasturida o‘zining ta’sirini kuchaytirmoqchi. Qolaversa, AQSh bilan savdo munosabatlarida ziddiyatlar davom etayotgan bir paytda Xitoy o‘zining Janubiy Koreya va Yaponiya bilan yaqinligini isbotlab qo‘ymoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring