Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Markaziy Osiyodan qancha tabiiy gaz olmoqda?

Xitoy Markaziy Osiyodan qancha tabiiy gaz olmoqda?

Foto: «Neftegaz.RU»

«Cnina National Petroleum Corporation» («CNPC») 2018-yilning 1-yanvaridan beri Markaziy Osiyo — Xitoy magistral gaz quvuri orqali 46,9 mlrd. kub metr tabiiy gaz import qildi. Xitoyga 2017-yil davomida 38,7 mlrd. kub metr gaz import qilingandi, 2018-yilda bu mamlakatga gaz yetkazilishi 10 mlrd. kub metrga ko‘payishga yaqin turibdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda

Uchta tarmoqdan iborat Markaziy Osiyo — Xitoy magistral gaz quvurining umumiy uzunligi 2000 kilometrdan ziyod, shundan 118 kilometri Turkmaniston, 530 kilometri O‘zbekiston, 1300 kilometri Qozog‘iston hududidan o‘tgan.

«CNPC» kompaniyasi 2018-yilning noyabr oyida magistral gaz quvuri to‘liq quvvat bilan ishlay boshlashiga oz qolganini bildirdi, biroq to‘rtinchi tarmoq ustidagi ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Turkmaniston noyabr oyida TAPI (Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston) magistral gaz quvurini qurish qiymatini sezilarli pasaytirishga erishganini ma’lum qilgach, xitoyliklar agarda ushbu loyiha qatnashchilari tarmoqning bir uchini Pokiston orqali XXRning g‘arbiy chegaralarigacha olib kelishga rozi bo‘lishsa loyihaga qo‘shilishga shayligini bildirgandi. Hozircha bu muzokaralar qanday tugagani noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring