Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Yangi yilida sodir bo‘lgan yong‘inlarda 51 kishi halok bo‘ldi

Xitoy Yangi yilida sodir bo‘lgan yong‘inlarda 51 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Getty Images»

Xitoyda oy kalendari bo‘yicha nishonlanuvchi Yangi yil bayramida sodir bo‘lgan yong‘inlarda 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida «Sinxua» agentligi ma’lumotlariga tayangan holda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Chunsze (bahor bayrami, oy kalendari bo‘yicha Yangi yil) Xitoyda 16 fevral tunidan boshlandi. Bu yil timsoli it hisoblanadi. Yangi yil tantanalari Chiroqlar bayrami(Yuansyaotsze)dan so‘ng yoxud oy kalendari birinchi oyining o‘n beshinchi kuni nihoyasiga yetadi. Xitoyda Yangi yil ta’tili 22-fevral kuni tugadi.

Xabar berishlaricha, 15 — 22-fevral kunlari Xitoyda jami 12 mingdan ko‘proq yong‘in sodir bo‘lib, ularda 51 kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi jarohatlangan. Lekin yong‘inlar soni o‘tgan yildagiga qaraganda 12,8 foiz kamaygan.

Umumiy iqtisodiy zarar 57 million yuan (9 million dollar) deb baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring