Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi sammiti

Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi sammiti

Foto: «riss.ru»

Shu yilning to‘qqizinchi may kuni Yaponiya, XXR va Koreya Respublikasi birgalikda sammit o‘tkazishni tejalashtirmoqda. NHK telekanali xabariga ko‘ra, hozirda bu uchrashuvlardagi muzokaralarga oid kelishuvlar yuzasidan so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan XXR Davlat kengashi rahbari ilk marta rasmiy vizit bilan Yaponiyada bo‘ladi. Sammitda qatnashishdan tashqari u yapon bosh vaziri Sindzo Abe bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

Sharqiy Xitoy dengizi, Senkaku orollariga oid kabi muzokaralar uchrashuvdagi muhokamalarning asosiy mavzulari bo‘ladi. Shuningdek, sammitdagi muzokaralarda o‘zaro munosabatlardagi Koreya Respublikasi manfaatlari ham ilgari suriladi. Bu uch davlat rahbariyati vakillarining birgalikdagi uchrashuvi 2015 yil noyabrida Seulda bo‘lgan. Xitoy tomonidan bu kabi uchrashuvlarda, odatda, Davlat kengashi rahbari ishtirok etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring