Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda ichki xotirasi 1 terabaytli smartfon ishlab chiqarildi

Xitoyda ichki xotirasi 1 terabaytli smartfon ishlab chiqarildi

Foto: «NV.ua»

Xitoyning «Smartisan» brendi ichki xotirasi 1 terabaytga teng «R1» smartfonini taqdim etdi. Xaridorlar 64 va 128 gigabayt xotiraga ega variantlarini ham sotib olishlari mumkin, deb xabar berdi «NV.ua».

Qurilma tomonlar nisbati 18,7:9 bo‘lgan 6,17 dyuymli displey bilan jihozlangan. Ekran «Gorilla Glass 3» oynasi bilan himoyalangan. Kompaniyaning yangi qurilmasi hoshiyasiz dizayn va ekran ustidagi qirqimga ega bo‘lgan. Biroq ushbu qirqim «iPhone X»ni emas, «Essential Phone»ni eslatadi. Shu bilan birga ekran maydoni korpusning atiga 84 foizini egallagan.

Smartfonga «Dual Pixel» texnolgiyasi va optik barqarorlashtirgichga ega 12 megapikselli «Sony IMX363» kamerasi o‘rnatilgan. Ikkinchi modul 20 megapiksellni tashkil etadi. Frontal kamera esa 24 megapiksellga teng.

«Qualcomm Snapdragon 845» protsessori esa 6 yoki 8 gigabayt tezkor xotira bilan birgalikda ishlaydi. Ichki xotirasi 64 yoki 128 gigabaytga, shuningdek, 1 terabaytga teng bo‘lishi mumkin. Barmoq izi skaneri «Smartisan» logotipining ostida joylashgan.

«Smartisan R1»ni kompaniya rasmiy saytidan xarid qilish mumkin. 1 terabayt ichki xotira va 8 gigabayt tezkor xotiraga ega model narxi 1400 dollarga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring